1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qidiruvda bo‘lgan 16 yoshli yigit qayta jinoyat sodir etayotganida ushlandi

Yigitcha dam olishga birga kelgan tanishining avtomobilini olib qochgan

Qidiruvda bo‘lgan 16 yoshli yigit qayta jinoyat sodir etayotganida ushlandi

 

IIV huzuridagi Tergov departamenti ma'lumotlariga ko'ra, 16-iyul kuni Surxondaryoda dam olayotgan qashqadaryolik 34 yoshli erkak viloyat IIBga qo‘ng‘iroq qilib, sanatoriya avtoturargohida turgan o‘ziga tegishli bo‘lgan Cobalt avtomashinasini o‘zi bilan kelgan yigit o‘g‘irlab ketganini maʼlum qilib, avtomashinani topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

 

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, ushbu turdagi jinoyatni sodir qilganligi uchun sudlangan va hozirda qidiruvda bo‘lgan voyaga yetmagan 16 yoshli yigit sodir etilgani aniqlanib, gumonlanuvchi ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-modasi 2-qismi “a” bandi (transport vositasini takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdorga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llanilgan.

 

Hozirda, ushbu shaxs boshqa jinoyatlarga aloqadorligi hamda nima sababdan yana ushbu turdagi jinoyatga qo‘l o‘rganligi tekshirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика