Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘z sahifalarida bukmekerlik xizmatlarini reklama qilayotgan blogerlar sudga berildi.
Qayd etilishicha, “Melbet” bukmekerlik tovar belgisidan foydalangan, shuningdek qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi sahna ko‘rinishlari orqali joylashtirilgan video-roliklar quyidagi shaxslarga tegishli ekanligi aniqlandi:
— fuqaro Shamsiddinov Amirxon O‘tkir o‘g‘li (amirxon_uzbek);
— fuqaro Ilyosov Doniyor Maʼruf o‘g‘li (donik_krash).
“Holatlar yuzasidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan blogerlar belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortilib, tegishli hujjatlar sudga yuborildi”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, mamlakat hududida qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni reklama qilish taqiqlanadi. Bunday faoliyatni reklama qilish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.


