1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qirg‘iziston AQSH fuqarolari uchun vizasiz rejimni qayta ko‘rib chiqishi mumkin

Mamlakat rasmiylari AQSHning yangi viza depozitlari talablariga javoban viza siyosatida o‘zaro tenglik tamoyiliga amal qilish zarurligini taʼkidladi.

Qirg‘iziston AQSH fuqarolari uchun vizasiz rejimni qayta ko‘rib chiqishi mumkin

 

Qirg‘iziston AQSH fuqarolari uchun amal qilayotgan vizasiz rejimni qayta ko‘rib chiqish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Edil Baysalov maʼlum qildi.

 

Uning taʼkidlashicha, AQSH tomonidan Qirg‘iziston fuqarolari uchun yangi viza talablarining joriy etilishi o‘zaro, yaʼni “oynaga o‘xshash” munosabatni talab qiladi.

 

“Davlat departamenti Qirg‘iziston fuqarolaridan viza arizasini topshirish chog‘ida 15 ming dollargacha viza depozitini to‘lashni talab qiluvchi yangi tartiblarni eʼlon qilganidan so‘ng, biz AQSH fuqarolari uchun joriy etilgan vizasiz rejimni qayta ko‘rib chiqishni boshlashimiz kerak”, — dedi Baysalov.

 

U viza siyosati tenglik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslanishi lozimligini alohida taʼkidladi.

 

“Viza siyosati — bu tenglik va o‘zaro hurmat masalasidir. Agar fuqarolarimizga nisbatan bunday yuqori to‘siqlar qo‘yilsa, biz bu holatni eʼtiborsiz qoldira olmaymiz”, — dedi u.

 

Maʼlum qilinishicha, AQSH tomonidan viza qoidalarining kuchaytirilishi fonida 21 yanvardan boshlab Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston fuqarolari AQSHga kirish vizasiga ariza topshirishda 5 mingdan 15 ming dollargacha miqdorda depozit kiritishi shart bo‘ladi. Depozit summasi viza suhbatining natijalariga qarab belgilanadi va uning to‘lanishi viza berilishiga kafolat bermaydi.

 

Hozircha AQSH rasmiylari Qirg‘iziston tomonining ushbu bayonotiga nisbatan rasmiy munosabat bildirmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика