1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qirg‘iziston oltin rudasi eksportini taqiqladi

Bu bo‘yicha mamlakat prezidenti tegishli farmon imzoladi.

Qirg‘iziston oltin rudasi eksportini taqiqladi

 

2023-yil 1-maydan Qirg‘iziston tarkibida oltin bo‘lgan ruda va konsentratlar eksportini vaqtinchalik taqiqlaydi.

 

Shu bilan birga, Qirg‘iziston hududida qazib olingan, tarkibida oltin bor ruda va konsentratlarni qayta ishlash bo‘yicha mutlaq huquq «Qora-Balta tog‘-kon kompleksi» AJga berilgan.

 

Moratoriy olti oy muddatga joriy etiladi.

 

Farmonga ko‘ra, Qirg‘iziston hukumatiga vaqtinchalik taqiqni 2023-yil 1-noyabrdan boshlab har olti oyda bir marta uzaytirish topshirilgan.

 

Qirg‘iziston Respublikasi davlat bojxona va chegara xizmatlariga qaror ijrosi yuzasidan zarur choralarni ko‘rish topshirildi.

 

Avvalroq, Qirg‘izistonda ko‘mirni avtomobilda respublika tashqarisiga olib chiqish vaqtincha taqiqlangandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика