
Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Zamir Rakiyev boshchiligidagi delegatsiya Buxoroga keldi.
Mehmonlar, bugun erta tongdan Buxoro shahrida joylashgan tarixiy obidalardan Masjidi Kalon jomeʼ masjidi, Poyi kalon ansambili va Mir Arab oliy madrasasi, Mir Arab o‘rta-maxsus islom bilim yurti, Ko‘kaldosh madrasasi hamda Labi Hovuz majmuasi, Nodir Devonbegi taxiriy obidalari bilan yaqindan tanishishdi.

Ulamolar Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilib, o‘tganlar haqqiga Qurʼon tilovat va Alloh taolodan xalqimizning tinchligi va farovonligini tilab duolar qilishdi.
Buxoro temiryo‘l vokzalida martabali mehmonlarni Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Erkin Majidov, Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobirjon Elov, Mir Arab oliy madrasasi rektori Haydar Yuldoshxo‘jayev hamda Mir Arab o‘rta-maxsus islom bilim yurti mudiri Jaloliddin Saburov kutib oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxorodagi yetti pir ziyoratgohi islom olami ro‘yxatidan joy olgani haqida xabar berilgandi.


