Dushanbeda Qirgʻiziston va Tojikiston hukumat delegatsiyalarining davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Xabar berilishicha, yig‘ilishlarga Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev va Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Saymo‘min Yatimov raislik qilgan.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha bayonnoa imzolandi. Keyingi uchrashuv Qirg‘iziston hududida bo‘lib o‘tadi.
Xabarda aytilishicha, uchrashuv do‘stona muhitda va o‘zaro tushunish ruhida o‘tgan.


