1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qirg‘izistonda bog‘cha opa mashinada 6 nafar bolani urib yubordi

YTH natijasida bir yarim, ikki va besh yoshli bolalarning jabrlangani aytilmoqda.

Qirg‘izistonda bog‘cha opa mashinada 6 nafar bolani urib yubordi

 

Qirg‘izistonning Botken viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga tayanib, RIA Novostining xabar berishicha, viloyatdagi bolalar bog‘chasi xodimi mashinada olti nafar bolalarni urib yubordi.

 

“Leylek tumani, Yangi-Jer qishlog‘ida joylashgan “Sho‘mqor” bolalar bog‘chasi xodimi, 43 yoshli A.A. o‘zining “Hyundai Getz” rusumli avtomashinasini bog‘cha hovlisida soyaga olib qo‘yish uchun olib kirmoqchi bo‘lib, hovlida o‘ynab yurgan olti nafar bolani urib yubordi”, — dedi matbuot xizmati vakili.

 

YTH natijasida uch nafar: bir yarim, ikki va besh yoshli bola jabrlangani xabar qilingan. Ulardan birining ahvoli og‘ir.

 

Maʼlum bo‘lishicha, ayolning haydovchilik guvohnomasi ham bo‘lmagan.

 

Hozirda YTH yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, xodim 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика