Qirg‘izistonda qishloq xo‘jaligi hayvonlari uchun soliq joriy etish taklif etildi. Tegishli qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarildi.
Qirg‘iziston Respublikasining Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi hayvonlari (ot, sigir, qo‘y, echki) uchun yiliga bir marta quyidagi miqdorda soliq to‘lash ko‘zda tutilgan: qo‘y va echkilarga — 100 som (500 tengedan ortiq), qoramol uchun — 250 som (1270 tenge), ot uchun — 250 som (1270 tenge).
O‘zgartirishlar 40 dan ortiq qo‘y-echki, 3 bosh sigir va 2 ta otga ega chorvadorlarga tegishli bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi hayvonlari uchun soliq to‘lovchi shaxslar yaylov yerlaridan foydalanganlik uchun to‘lovdan ozod etiladi.
Barcha mablag‘lar mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari byudjetiga yo‘naltiriladi va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etishga, jumladan veterinarlar bilan taʼminlash, chorva mollarini emlash, yaylovlar infratuzilmasini yaxshilashga yo‘naltiriladi.


