1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qirg‘izistonda davlat tilida efir olib bormagan telekanallar jarimaga tortildi

Mamlakat Madaniyat vazirligi respublikaning yettita telekanalida tekshiruv o‘tkazdi.

Qirg‘izistonda davlat tilida efir olib bormagan telekanallar jarimaga tortildi

 

Tekshiruv davomida ikkita — “312 KINO” va “312 TV” telekanallari Qirg‘iziston Respublikasining “Televideniye va radioeshittirish to‘g‘risida”gi qonuniga rioya qilmagani aniqlandi. Qonunga ko‘ra, teleko‘rsatuvlarning kamida 60 foizi (jumladan, soat 07:00 dan 10:00 gacha va 18:00 dan 23:00 gacha efirga uzatiladigan dasturlar) davlat tilida bo‘lishi shart.

 

Qayd etilishicha, mazkur telekanallarning har biri 23 ming som (2,87 million so‘m) miqdorida jarimaga tortilgan.

 

Ma'lumot o'rnida, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 17-iyul kuni “Qirg‘iziston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunni imzolagan edi. Unda davlat xizmatchilari va yana qator soha vakillari uchun qirg‘iz tilini bilish majburiy etib qo'yilgan. Xususan, teleradiokompaniyalar, shu jumladan, xususiy kompaniyalar o‘z ko‘rsatuvlarining kamida 60 foizini qirg‘iz tilida ko‘rsatishi shart, deb belgilangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика