Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (GKNB) davlat to‘ntarishida gumon qilingan ishtirokchilarni ommaviy hibsga olish ishlarini olib bormoqda, deya xabar bermoqda ayrim mahalliy OAVlar.
«Bir guruh shaxslar hokimiyatni kuch bilan egallab olishga tayyorlanayotgan edi», — deyiladi mahalliy OAVlarda.
Qayd etilishicha, poytaxt Bishkekda bir guruh shaxslar mamlakatdagi amaldagi hokimiyatni kuch bilan egallab olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan sababli qo‘lga olingan. Hozircha Qirg‘iziston maxsus xizmatlari tomonidan kimlar hibsga olingani haqida maʼlumot berilmagan.


