
Unda aytilishicha, mazkur tizim kuz va qish mavsumida amalda bo‘ladi.
Qirg‘iziston Milliy energetika raisi Talaybek Baygaziyevning jurnalistlarga maʼlum qilishicha, uy xo‘jaligi bo‘lmagan abonentlar elektrdan oqilona foydalanmayapti. Mazkur xulosa elektr energiyasi isteʼmoli tahlilidan kelib chiqqan.
“To‘g‘ri, bitta lampochka hech narsani anglatmaydi. Lekin bunday lampochkalar butun mamlakat bo‘ylab millionlab. Buning oqibatida, yaxshigina harajat kelib chiqadi. Ayrimlarimizning hovlimizda bir nechta lampochka bor. Eʼtibor bering, tungi kafe yonida 100 ta chiroq yonib turadi, garchi ular “LED” lampalari bo‘lsa ham. Mazkur lampalar ham qariyb 7-8 vatt energiya sarf qiladi. Ularning hammasini qo‘shib ko‘ring-chi, qancha bo‘ladi?
Qishloq hokimiyati har yili qariyb 100 million kilovatt-soat elektr energiyasi isteʼmol qiladi. Shu joyda ham yorug‘lik tundan tongacha yonib turadi. Park maydonlarida hamma narsa ertalabgacha yonadi. Xo‘sh, umuman, kim ertalabgacha yuradi? Oddiy odamning belgilangan vaqti bo‘ladi. Yaʼni, soat 22.00-23.00 gacha piyoda yurish, keyin uxlash”- deya tushuntirgan rasmiy.
Endilikda qo‘shni respublikada tungi istirohat bog‘lari va kafelarning ko‘cha chiroqlari hamda reklama yoritgichlari o‘chiriladi. Biroq bu bilan qancha elektr energiyasi tejalishi haqida aniq maʼlumot berilmagan.
"Bizning xalqimiz tejamkor va bunga tez ko‘nikadi. Yo‘llar yoritilishini o‘chirishga kelsak, yarim tundan keyin asosan ikkinchi darajali ko‘chalar o‘chiriladi. Poytaxtning asosiy yo‘llari va markaziy ko‘chalari o‘chirilmaydi. Itoatsizlik uchun jazo qo‘llanmaydi. Endi siz konditsioner tizimidan voz kechishingiz mumkin. Gap xonadonlarda elektr tokini o‘chirish haqida ketmayapti, lekin pulni tejash foydadan xoli emas”, - deya xulosa qildi Milliy energetik xoldingi rahbari.
Bundan avval Surxondaryo va Xorazmda elektr stansiyalari qurilishi, Samarqandda 100 million dollarlik fotoelektr stansiyasi yaqin oylarda qurib bitkazilishi hamda bu yilgi kuz-qish mavsumida mamlakatimizda elektr energiyasi qanday holatda bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


