Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi Salim Abduvaliyevni qidiruvga berdi.
Ayni vaqtda O‘zbekistonda jazo muddatini o‘tayotgan 73 yoshli Salim Abduvaliyev Qirg‘izistonda uyushgan jinoiy guruhini moliyalashtirishda ayblanmoqda. Bishkek shahar Oktyabr tuman sudi qarori bilan Salim Abduvaliyevga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi sirtdan ehtiyot chorasi qo‘llanib, u davlatlararo qidiruvga berilgan.
Salim Abduvaliyev 2024 yil 19 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining hukmi bilan 6 yil ozodlikdan mahrum qilingan. U 2023 yilning dekabrida o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlashda gumonlanib ushlangandi.


