Joriy yilning 16-fevral kuni Sadir Japarov uch nafar vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi.
Qabul qilingan qarorlarga muvofiq, transport va kommunikatsiyalar vaziri Absattar Sirg‘aboyev lavozimidan ozod etildi. Vazirlik rahbari vazifasini vaqtincha bajarish Talantbek Soltobayev zimmasiga yuklatildi.
Shuningdek, tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri Meder Mashiyev iste’foga chiqdi. Uning o‘rniga vazir vazifasini bajaruvchi etib Aqil Toktobayev tayinlandi.
Favqulodda vaziyatlar vaziri Boobek Ajikeyev ham lavozimidan ozod qilindi. Ushbu lavozimga vaqtincha Urmatbek Shamirkanov tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 10-fevral kuni prezident tomonidan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyev ham lavozimidan ozod etilgan edi. Uning o‘rniga general-mayor Jumgalbek Shabdanbekov vaqtincha rahbar etib tayinlangan.


