Qirg‘iziston hududida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida yuk avtotransport vositalarining harakatlanishiga vaqtincha cheklov joriy etildi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.
«2023-yil yoz mavsumida Qirg'iziston Respublikasi hududida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida yuk avtotransport vositalarining harakatlanishiga vaqtincha cheklov joriy etildi», — deyiladi xabarda.
Maʼlum qilinishicha, 2023-yil 1-iyundan 1-sentyabrgacha soat 10:00 dan 20:00 gacha, kunlik havo harorati 28 daraja issiq va undan yuqori bo‘lganda, maksimal umumiy og‘irligi 18 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtotransport vositalarining Qirg‘iziston hududida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida harakatlanishi taqiqlanadi.


