Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida 11-martdan 12-martga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 39 ta bino shikastlandi. Zarar ko‘rgan obyektlar orasida turar-joy binolari, maktablar, bolalar bog‘chalari va poliklinika ham bor.
Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, zilzila epitsentrida yer silkinishi 4,9 ballni tashkil qilgan. “Tabiat hodisasi natijasida bir qator turar-joy va ijtimoiy obyektlarga zarar yetkazildi. Yaxshiyamki, inson hayotiga tahdid soluvchi holatlar kuzatilmadi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.
Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, 25 ta turar-joy binosi shikastlangan, ulardan biri “yashash uchun xavfli” deb topilgan. Shuningdek, 12 ta maktab, bolalar bog‘chasi va poliklinikaga zarar yetgan.
Hozirda zilzila oqibatlarini bartaraf etish, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha zarur choralarni ko‘rayotganini ma’lum qildi.


