Bugun, 1-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:35 da Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekiston hududida sezildi.
Maʼlum qilinishicha, zilzila koordinatalari: 40,05 gradus shimoliy kenglik; 72,66 gradus sharqiy uzunlik. Magnitudasi 3,7 ballga teng bo‘lgan. Chuqurlik – 15 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 320 kilometr janubiy-sharqda kuzatilgan.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
• Marhamat tumanida — 2 ball, 61 km;
• Buloqboshi tumanida — 2 ball, 63 km;
• Quvasoy shahrida — 2 ball, 64 km;
• Xo‘jaobod tumanida — 2 ball, 66 km.


