1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev barcha davlat mukofotlaridan mahrum etildi

Sud hukmiga koʻra, sobiq prezident korrupsiya va ommaviy tartibsizliklar uyushtirishda aybdor deb topilgan.

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev barcha davlat mukofotlaridan mahrum etildi

 

 

 


Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev barcha davlat mukofotlaridan mahrum etildi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabariga koʻra, tegishli farmonni mamlakatning amaldagi prezidenti Sadir Japarov imzolagan.

 

Qayd etilishicha, ushbu qaror Bishkek shahrining Birinchi may tuman sudi 3 iyun kuni chiqargan hukmini ijro etish doirasida qabul qilingan. Farmonga muvofiq, Atambayev Qirgʻiziston Respublikasining eng oliy mukofoti — “Qirgʻiz Respublikasining Qahramoni” unvonidan, shuningdek, “Manas” ordenining II darajasi, “Danaker” ordeni va “Dank” medalidan mahrum etilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, 3 iyun kuni Bishkekning Birinchi may tuman sudi Qirgʻizistonni tark etgan Almazbek Atambayevni sirtdan 11 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish va uning mol-mulkini musodara qilish haqida qaror chiqargan edi.

 

Sud hukmiga koʻra, sobiq prezident korrupsiya, ommaviy tartibsizliklar uyushtirish hamda Qoʻytosh qishlogʻidagi yer maydonlarini noqonuniy egallashda aybdor deb topilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика