8 sentyabr kuni hayotdan ko‘z yumgan Buyuk Britaniya qirolichasi hujjatlarida o‘lim sababi sifatida qarilik qayd etilgan. Qirolicha 96 yoshda edi.
Ammo qirollik biograflarilan biri Yelizaveta II hayotining so‘nggi yillarida saratonga qarshi kurashganini e’lon qildi.
Qirolichaning turmush o‘rtog‘i shahzoda Filippning yaqin do‘sti, biograf Djayls Brandret qirolicha orqa miya saratoniga (miyeloma) chalinganini aytmoqda. U o‘z so‘zlarini qirolicha o‘limidan oldin harakatlanish imkonini yo‘qotgani, ozgani va tez charchab qolishi bilan isbotlamoqda.
Brandret marhum qirolicha haqida kitob yozgan. Bukingem saroyi hozircha Brandretning so‘zlariga javob qaytarmadi.


