1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qishki taʼtil 14 kalendar kun davom etadi

Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova maʼlum qildi.

Qishki taʼtil 14 kalendar kun davom etadi

 

Maktab o‘quvchilari uchun qishki taʼtil 28-dekabrdan boshlanadi, III chorak 2023-yilning 11-yanvaridan boshlanadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova maʼlum qildi.

 

Shuningdek, joriy yilning 16-dekabr kuni Xalq taʼlimi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash jarayonlari o‘tkazilishi haqida maʼlumot berildi. Mazkur sinov jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi.

 

1-bosqichda Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, yaʼni hokimliklar  tomonidan kiritilgan nomzod-o‘qituvchilar “Boshlang‘ich taʼlim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yo‘nalishlari bo‘yicha bevosita Davlat test markazi tomonidan tegishli hududlarda sinovdan o‘tkaziladi.

 

2-bosqichga ushbu sinovlarda maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar o‘tadi va ularning kasbiy mahorati faol jamoatchilik vakillari va mahoratli pedagoglardan iborat Ishchi guruh tomonidan baholanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика