1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qishki ta’til davrida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

26-dekabrdan 12-yanvargacha bir qancha yo‘nalishlarda reyslar va vagonlar soni oshiriladi.

Qishki ta’til davrida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

 

 

Qishki ta’til munosabati bilan 26-dekabrdan 12-yanvargacha yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bir qator temiryo‘l yo‘nalishlarida qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi.

“Toshkent – Samarqand – Toshkent” yo‘nalishida 26–31-dekabr hamda 4-yanvar kunlari “Afrosiyob” elektropoyezdi uchun jami 14 ta qo‘shimcha reys amalga oshiriladi. “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishida esa 26–31-dekabr kunlari 4 ta qo‘shimcha “Afrosiyob” reysi yo‘lga qo‘yiladi.

“Toshkent – Xiva – Toshkent” yo‘nalishida 12-yanvargacha 12 ta qo‘shimcha reys bajarilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, yo‘lovchi oqimi yuqori bo‘lgan “Toshkent – Xiva – Toshkent”, “Toshkent – Shovot – Toshkent”, “Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent”, “Toshkent – Termiz – Toshkent” hamda “Toshkent – Buxoro – Toshkent” (Sharq poyezdi) yo‘nalishlaridagi poyezdlarga har kuni 4 tadan qo‘shimcha vagon biriktiriladi.

Mazkur choralar ta’til davrida yo‘lovchilarning xavfsiz va qulay safarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика