Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari talabalariga qulaylik yaratish maqsadida qishki ta’til arafasida sayyor kassalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Endi talabalar temir yo‘l va shaharlararo avtobus qatnovlari uchun chiptalarni o‘z o‘qish joyidan turib xarid qilishlari mumkin.
Sayyor kassalar O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hududida tashkil etilgan. Mazkur xizmat talabalar oqimini tartibga solish, ortiqcha navbatlar va vaqt sarfini kamaytirishga xizmat qiladi.
Mas’ullar ta’kidlashicha, ushbu tashabbus talabalarning ta’til oldi safarlarini osonlashtirish va transport xizmatlaridan foydalanishni yanada qulay qilishga qaratilgan. Zarurat tug‘ilganda sayyor kassalar soni kengaytirilishi ham mumkin.


