1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Qiymati qariyb 91 milliard so‘mlik doriga sertifikat berilmagan

Bu 24 davlatda ishlab chiqarilgan dori vositalari bilan bog‘liq.

Qiymati qariyb 91 milliard so‘mlik doriga sertifikat berilmagan

 

Respublikamizdagi Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish organlariga bo‘lgan murojaatlar asosida 2022-yil davomida taqdim qilingan dori vositalari belgilangan tartibda sertfikatlashtirish uchun tekshiruvdan o‘tkazildi.

 

Tahlillar natijasiga ko‘ra 24 ta davlatda jumladan, Avstriya, Argentina, Armaniston, Bangladesh, Belorussiya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Gruziya, Ispaniya, Italiya, Makedoniya, Gollandiya, Pokiston, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Slovakiya, Turkiya, Ukraina, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Shveysariya davlati hamda yurtimizda ishlab chiqarilgan 271 turdagi 3 382 502 shartli o‘ram, umumiy qiymati 90.57 mlrd so‘m bo‘lgan dori vositalari sertifikatlashtirish jarayonida nomuvofiqligi aniqlanib qo‘llash uchun yaroqsiz deb topildi hamda sertifikatlashtirilishi rad etilib, mazkur sifatsiz dori vositalarining muomalaga chiqarilishini oldi olindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика