1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qizil kitobga kiritilgan Turkiston oq laylagiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda

Laylak bir oy avval yaralangan.

Qizil kitobga kiritilgan Turkiston oq laylagiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda

 

Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi Rishton tuman bo‘limiga tumanning "Guliston" mahallasida yashovchi fuqaro murojaat qildi.

 

U bir oy avval xonadoniga yaralangan laylak qushi kelib qolgani, uni o‘zi yashab turgan uyning hovlisiga olib kelib parvarishlagani va hozirda qushning holati yaxshilangani bois davlat inspektorlariga topshirishini bildirdi.

 

Farg‘ona viloyat prokuraturasi va Rishton tuman bo‘limi davlat inspektorlari aytilgan manzilga borishganida haqiqatan ham bir dona O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston oq laylagi parvarish qilinayotgani ma’lum bo‘ldi.

 

Laylakka Farg‘ona shahridagi hayvonot bog‘ining maxsus veterinariya bo‘limida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. To‘liq tuzalgach, ochiq tabiatga qo‘yib yuboriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика