1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

“Qizimga nafaqat buyragim, balki jonimni ham berishga tayyorman”

Ota 4 yildan beri xasta qiziga bir buyragini berdi.

“Qizimga nafaqat buyragim, balki jonimni ham berishga tayyorman”

 

Sog‘lomlashtirish aksiyasi doirasida buyrak transplantatsiyasi o‘tkazildi. Bu haqda SSV xabar berdi.

 

Ellik olti yoshli Husanboy Kusiyenov hali o‘ttizga ham kirmagan dilbandi, yakkayu yolg‘iz qiziga bir buyragini berdi . Bemorning to‘rt yil avval buyragida og‘riqlar paydo bo‘lib, o‘zini ancha oldirib qo‘ygan.

 

“... Shu damlarda tezroq uyga qaytish haqida o‘ylayapman. Endi jajji farzandlarim sog‘inib quchog‘imga talpinganida, yetti muchasi sog‘ boshqa otalar kabi ularni bemalol opichlab yura olishimni tasavvur qilsam, yuragim hapriqib ketyapti. Uyga bemor emas, baxtiyor inson bo‘lib qaytish nasib etayotganidan boshim osmonda...

... Mana, operatsiyaga olib kirishyapti bolaginamni. Uni Toshkentdan kelgan professorlar davolashini eshitib, yanayam xotirjam bo‘ldim. Biz sog‘ligimizga yetarli eʼtibor qilib, shifokorlar huzuriga o‘z vaqtida bora olmasak ham, ularning o‘zlari bemorlar oldiga kelib, dardimizga malham bo‘lyapti. Tibbiyot xalqqa yaqinlashayotgani shu-da, bolam...”, - deydi ota.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика