1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Qizlar bilim borasida rekord “urdi”

Joriy yilda testga kirgan abituriyentlarning 571 ming 719 nafari ayollar, 502 ming 103 nafari esa erkaklar bo‘lgan.

Qizlar bilim borasida rekord “urdi”

 

Joriy yilda abituriyentlar orasida xotin-qizlarning ulushi erkaklarga qaraganda ko‘proqni tashkil etgan. Yaʼni testga kirgan abituriyentlarning 571 ming 719 nafari ayollar, 502 ming 103 nafari esa erkaklar bo‘lgan.

 

Bundan tashqari qizlarimiz to‘plagan o‘rtacha ballar ham yigitlarga qaraganda yaxshiroq natijani ko‘rsatgan. Qizlar o‘rtacha 66,8 ball, yigitlar esa 63,7 ball olishgan.

 

Shuningdek, respublikamiz 14 ta hududining barchasida qizlarning o‘rtacha bali yigitlarnikidan balandroq bo‘lgan. Yaʼni faqat ayni bir hududda emas, balki yurtimizning hamma joyida qizlar yigitlarga qaraganda umumiy yaxshiroq o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ega.

 

Eʼtiborli tomoni birorta hududda yigitlar o‘rtacha 70 ball to‘play olishmagan. Lekin Buxoro (72) va Toshkent shahrida (70,8) qizlar o‘rtacha 70 balldan oshira olgan.

 

Maʼlumot o‘rnida, o‘tgan yili talabalikka qabul qilinganlarning 60 foizi xotin-qizlar bo‘lgandi. Bugungi kunda barcha OTMlarda o‘qiyotgan talabalarning 47 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика