1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

"Qizlarni kamsitish niyatim yo‘q edi"

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi blogerning qizlarni masxara qilib olingan reklama roligi o‘chirtirilgani yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

"Qizlarni kamsitish niyatim yo‘q edi"

 

Instabloger Bobur Mansurov Flovell brendi ostidagi nam salfetkaning reklamasi aks etgan video olgan. Videoda qizlar salfetkada yuzini artishi natijasida xunuk bo‘lib ketishi sahnalashtirilgan. Qo‘mita mazkur video qonunchilikka zid ekanini maʼlum qildi

 

Qayd etilishicha, "Reklama to‘g‘risida"gi qonunning 16-moddasiga muvofiq, reklamada – jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeiga qarab, boshqa holatlarga ko‘ra kamsitish yoki o‘zga shaxslarning tovarlarini badnom qilish, milliy va oilaviy anʼanalarga, shuningdek axloq va maʼnaviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish taqiqlanadi.

 

Qo‘mita tomonidan olib borilgan tahlillarga ko‘ra, reklama vositalari orqali joylashtirilayotgan tovar (ish, xizmat) reklamasida maʼnaviyatga to‘g‘ri kelmaydigan, milliy va oilaviy anʼanalarga masxaraomuz va kinoyali ohangda yondashilgan iboralardan foydalanilishi holatlari ko‘plab kuzatilib, bunday reklamalar fuqarolar va internet foydalanuvchilarining turli eʼtirozlariga olib kelmoqda.

 

"Shunday ekan, reklama va axborot vositalaridan foydalangan holda milliy va oilaviy anʼanalarga, shuningdek axloq va maʼnaviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi", - deyiladi xabarda.

 

Qo‘mita tomonidan ushbu reklama bartaraf etilib, videorolik namoyishi to‘xtatilgan. Shuningdek, bloger Bobur Mansurov bilan o‘tkazilgan suhbat davomida ushbu video rolikni namoyish qilishda xotin-qizlarni kamsitish maqsadi bo‘lmaganligi taʼkidlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика