1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Qizlarning behayo rasmlari orqali pul ishlamoqchi bo‘lgan kanal adminlari ushlandi

Guruh tashkilotchilari Telegram‘dagi ochiq guruhlarga foto va videolarni joylab, qiziquvchilarni vibchatga taklif qilishgan.

Qizlarning behayo rasmlari orqali pul ishlamoqchi bo‘lgan kanal adminlari ushlandi

 

IIV kiberxavfsizlik markazi tomonidan Telegram‘da Hello Tashkent, salam Tashkent nomli guruh va kanallarni tashkil etib, tarmoq foydalanuvchilarining shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi video va fotolarni joylashtirib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

 

Aniqlanishicha, mazkur guruh tashkilotchilari Telegram‘dagi ochiq guruhlarga qizlar va ayollarni foto va videolarini joylab, qiziquvchilarni vibchatga taklif qilishgan. Vibchatga aʼzo bo‘lish esa 100 ming so‘mdan 500 ming so‘mgacha etib belgilangan. Ular qiz va ayollarning foto va videolarini o‘chirib yuborish evaziga tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilishgan.

 

Tezkor-qidiruv ishlari natijasida ushbu faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda mazkur jinoiy guruhga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash ishlari olib borilmoqda.

 

"Hello Tashkent, salam Tashkent guruhlaridan jabrlangan fuqarolar “102” yoki +99899 117 60 87 raqamiga xabar berishlarini so‘raymiz. Maʼlumot bergan fuqarolarning shaxsi sir saqlanadi", - deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика