Ramzan Qodirov Ukrainadagi “maxsus harbiy amaliyot” davomida Odessa va Xarkov viloyatlarini bosib olishni taklif qildi. Bu haqda Checheniston rahbari “Rossiya 1” telekanali efirida gapirgan.
Uning fikricha, bu “Rossiya chegaralarini yana-da xavfsiz qiladi”. Qodirov Rossiya tinchlik uchun urushayotganini iddao qilgan.
Bundan tashqari, siyosatchi zarur bo‘lsa, Kiyevgacha borishga tayyorligini bildirgan.
“Bizda Kiyevga borish va uni egallash uchun tirik kuch bor. Keyin prezident nima qaror qabul qilsa, o‘sha bo‘ladi”, – degan Qodirov.
Shu bilan birga u barcha chechen bo‘linmalari Ukraina poytaxtiga yangi hujumda ishtirok etishga shayligini taʼkidlagan.


