1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qodirovning o‘g‘illari terrorizmga qarshi kurashgani uchun taqdirlandi

Checheniston rahbari o‘tgan yili 3 nafar o‘g‘li Ukrainada jang qilganini aytgandi.

Qodirovning o‘g‘illari terrorizmga qarshi kurashgani uchun taqdirlandi

 

Ramzan Qodirovning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi — Ahmad va Adam terrorizmga qarshi kurashgani uchun taqdirlandi. Bu haqda Checheniston milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Ahmad Dudayev maʼlum qildi.

 

“Ahmad va Adam Qodirov Checheniston Respublikasi IIVning “Terrorizmga qarshi kurashga hissa qo‘shgani” faxriy ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi”, – deb yozgan u o‘z Telegram-kanalida.

 

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, Qodirovning farzandlari “haqiqiy vatanparvarlar va Respublikaning sobiq prezidenti Ahmad-Hoji Qodirovning o‘gitlariga amal qilib kelmoqda”. Shu bilan birga ular terrorizmga qarshi qay tarzda kurashgani haqida maʼlumot keltirilmagan.

 

Checheniston rahbarining o‘zi o‘g‘illari Grozniyga uch nafar ukrainalik askarni asir olib kelgani haqida yozgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика