1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Qo‘g‘irchoq teatri

Hayot shunday teatr sahnasiki, u ham tomosha ko‘rsatadi, ham aqlingizni kiritadi. Albatta, qalb ko‘zingiz ochiq bo‘lsa...

Qo‘g‘irchoq teatri

 

«Dam olish kuni, kechagi janjaldan keyin qo‘lim hovlidagi biror ishga bormay, televizor bilan o‘zimni chalg‘itib yotibman. Ayolim ham qaysidir xonada o‘tiribdi, balkim yig‘layotgandir, ehtimol uzrimni kutayotgandir... O‘zi biladi! Bir payt akasi bilan qo‘g‘irchoq o‘ynab o‘tirgan besh yashar qizalog‘im erkatoylarini quchoqlagancha yonimga keldi. Arazlagan.

—       Nima bo‘ldi, Sevara?

—       Sardor akam, qo‘g‘irchoqlarimni urdi...

—       Men yolg‘ondan urdim ularni. Axir biz “xola-xola” o‘ynayotgandik-ku! — o‘zini aybsizligini isbotlash uchun yetti yashar Sardor ham shoshib gapira boshladi.

—       Mana, qarang, dadajon, yig‘layapti qo‘g‘irchoqlarim, — Sevara shunday deb ikkala “Barbi”sini ham bag‘riga bosdi...

Avvaliga xayolimdan «Kecha onasiga qo‘l ko‘targanimni ko‘rishmaganmikan?» degan o‘y o‘tdi. Keyin Sevaraning mujdalarida yosh, Sardorning yerga qadalgan nigohlarini ko‘rib, ikkisini ham yupatishga so‘z topolmadim. Xudbinligimdan esa juda uyaldim...»

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика