Ijtimoiy tarmoqlarda instabloger Mo‘min (Mo‘minlive)ning O‘zbekiston bog‘i suv havzasiga plastmassa o‘rdak o‘yinchoqlarini tashlaganligi haqidagi videosi tarqaldi. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan u Toshkent shahar ekologiya bo‘limiga chaqirtirilgan va bunday nomaqbul ishlarni qilmasligi yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgan.


