1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qonunchiligimiz bolalardan ko‘ra ko‘proq jinoyatchilar haqida qayg‘uradi—Saida Mirziyoyeva

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi 3 nafar erkakning 14 yoshli qiz nomusiga tegib, muddatidan oldin ozod qilinganiga munosabat bildirdi.

Qonunchiligimiz bolalardan ko‘ra ko‘proq jinoyatchilar haqida qayg‘uradi—Saida Mirziyoyeva

 


Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva voyaga yetmagan qizning nomusiga tekkan uch kishining shartli ravishda ozodlikka chiqarilgani yuzasidan munosabat bildirdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 128 va 129-moddalari bolalar va o‘smirlarni himoya qilish sohasidagi xalqaro standartlarga javob bermaydi. Bunday jinoyatlar uchun, istisno tariqasida, ozodlikni cheklash yoki ahloq tuzatish ishlari tarzida jazo qo‘llanilmasligi kerak. Ushbu moddalarni kuchaytirish kerak, ularga barvaqt ozod bo‘lish imkoniyatisiz jiddiy muddatlar qo‘llanilishi lozim.

 

“Bizning voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilishga doir qonunchiligimiz bolalardan ko‘ra ko‘proq jinoyatchilar haqida qayg‘uradi va mening fikrimcha, bu adolatsizlikni zudlik bilan tuzatish zarur.

 

Hozir haddan tashqari yengil jazolar potensial jinoyatchilarni qo‘rqitmaydi va turli “samosud”larga turtki bermoqda. Shuni yodda tutish kerakki, bolalar va o‘smirlarni manipulyasiya qilish, ularni qo‘rqitish oson, ular o‘zlarining xatti-harakatlari uchun ongli ravishda javobgar bo‘lolmaydilar. Har qanday holatda ayb butunlay kattalarga yuklanadi.

 

Keling, zo‘ravonlarga emas bolalarga g‘amxo‘rlik qilaylik. Bu sohaga doir qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish zarur. Qancha tez bulsa, shuncha yaxshi”, — Saida Mirziyoyeva.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика