1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qo‘pol qonunbuzarlik: Zangiotada korxona plastiklarni qayta ishlash o‘rniga yoqib yuborayotgani aniqlandi

Korxona atmosferaga inson salomatligi uchun o‘ta xavfli bo‘lgan kanserogen moddalar va zaharli tutun tarqatib kelgan.

Qo‘pol qonunbuzarlik: Zangiotada korxona plastiklarni qayta ishlash o‘rniga yoqib yuborayotgani aniqlandi

Ekoreydlar natijasida chiqindi yoqayotgan korxonalar aniqlanmoqda.

 

Navbatdagi ekologik reyd davomida plastik va sellofan mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonada qo‘pol qonunbuzarlik holati aniqlandi.

 

Tekshiruv chog‘ida Zangiota tumanidagi ushbu obektda chiqindilarni belgilangan tartibda qayta ishlash o‘rniga, ular to‘g‘ridan to‘g‘ri yoqib yuborilayotgani maʼlum bo‘ldi. Shuningdek, ushbu korxona hududidagi temirchilik ustaxonasida ham turli chiqindilar muntazam yoqib kelingan. Oqibatda atmosferaga inson salomatligi uchun o‘ta xavfli bo‘lgan kanserogen moddalar va zaharli tutun tarqalib kelgan.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilmoqda.

 

Davlat aholi sog‘lig‘i va xavfsizligini ustuvor deb bilmoqda. Havoni ifloslantiruvchi va maʼlum bir guruhga foyda keltiruvchi hech bir obekt jamiyat manfaatlaridan ustun bo‘la olmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика