1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qo‘qonda ommaviy tartibsizlik bo‘lgani yo‘q — Farg‘ona viloyati IIB

Yo‘lning qatnov qismiga chiqib, mushakbozlik uyushtirmoqchi bo‘lganlar aniqlanib, ularga nisbatan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Qo‘qonda ommaviy tartibsizlik bo‘lgani yo‘q — Farg‘ona viloyati IIB

 


Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Qo‘qon shahrida ommaviy tartibsizlik bo‘lgani haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, mazkur ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 2025-yil 31-dekabr kuni soat 23:55 da Qo‘qon shahar A. Charxiy ko‘chasida shu hududda yashovchi fuqarolar Yangi yil bayramini nishonlash maqsadida yo‘lning qatnov qismiga chiqib, mushakbozlik uyushtirmoqchi bo‘lgan.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida jamoat tartibi va harakat xavfsizligi ta’minlangan. Huquqbuzarlarning shaxsi aniqlanib, ularga nisbatan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

 

Shuningdek, rasmiy xabarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim axborotlarda qayd etilganidek, avtomashina yoqib yuborilganligi holati sodir bo‘lmagani alohida ta’kidlangan. Farg‘ona viloyati IIB fuqarolarni tekshirilmagan va asossiz xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика