1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qo'qonlik tabib Iqbol Soliyev qamaldi

Tabib bundan avval jarimaga ham tortilgan edi.

Qo'qonlik tabib Iqbol Soliyev qamaldi

 

Farg‘ona viloyati sudi matbuot xizmati xabar berishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining 2025-yil 17-dekabrdagi qarori bilan xalq tabobati bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro Iqbol Soliyev (1971-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan) Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 59-5-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi.

 

Sud tomonidan aniqlanishicha, fuqaro amaldagi qonunchilik talablariga zid ravishda xalq tabobati faoliyatini amalga oshirgan. Mazkur holat yuzasidan sud qarori bilan unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

Shuningdek, birinchi instansiya sudi qarori ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatlarda Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish hamda protest keltirish huquqiga egaligi ma’lum qilindi.

 

Ma’lumot o‘rnida qayd etilishicha, fuqaro Iqbol Soliyev avval ham, xususan, 2025-yil 10-yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining qaroriga muvofiq Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 59-5-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida ma’muriy jarima jazosi qo‘llanilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика