1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qor bo‘roni sabab AQSHda 428 mingdan ortiq odam elektr taʼminotisiz qoldi

So‘nggi 100 yildagi eng kuchli bo‘ronlardan biri deb baholanayotgan ofat sabab minglab aviareyslar bekor qilindi, bir qator shtatlarda favqulodda holat e’lon qilindi.

Qor bo‘roni sabab AQSHda 428 mingdan ortiq odam elektr taʼminotisiz qoldi

 

 

Kuchli “Fern” nomli qor bo‘roni Qo‘shma Shtatlarning katta qismini qamrab oldi. OAV va Deutsche Welle xabarlariga ko‘ra, noqulay ob-havo 37 shtatga ta’sir ko‘rsatgan. Oqibatda 428 mingdan ortiq aholi elektr ta’minotisiz qolgan, ayrim manbalarda esa bu ko‘rsatkich 139 ming uy xo‘jaligini tashkil etgani qayd etilmoqda.

 

Qor bo‘roni sabab aviaqatnov tizimida jiddiy uzilishlar yuzaga kelgan. Oxirgi to‘rt kun ichida 13–16 mingdan ortiq aviareyslar bekor qilingan. Ayniqsa, Texas, Luiziana, Nyu-Meksiko kabi janubiy shtatlardan tortib, O‘rta G‘arb va O‘rta Atlantika mintaqalarigacha bo‘lgan hududlar kuchli ta’sir ostida qolgan.

 

Hozirga qadar kamida 18–22 shtatda favqulodda holat e’lon qilingan. Meteorologlar qor yog‘ishi, muz yomg‘iri va kuchli shamollar yaqin kunlarda ham davom etishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Mutaxassislar yangi elektr uzilishlari va transport tizimida qo‘shimcha muammolar yuzaga kelishi ehtimolini istisno etmayapti.

 

Nyu-York shahrida ob-havo sharoiti sabab kamida uch nafar inson halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Shahar meri Zoxran Mamdanining so‘zlariga ko‘ra, megapolista 20–23 santimetrgacha qor yog‘gan. Ayni paytda aholi supermarketlarda oziq-ovqat mahsulotlarini ommaviy ravishda zahira qilmoqda, hokimiyat esa fuqarolarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика