Avstriyada yuz bergan bir nechta qor ko‘chkisi oqibatida to‘qqiz kishi hayotdan ko'z yumdi.
Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, sakkiz nafar shvedsiyalik sayyoh hamda ularning avstriyalik yo'lboshchisi Tiroldagi ko'chki ostida qolib vafot etgan. Tirol hukumati yana bir fuqaro bedarak yo‘qolgani haqida xabar berdi.
Rasmiylar sayyohlarni tog'li hududlarda qor ko‘chkisi xavfi hali ham borligidan ogohlantirmoqda.
Avvalroq Peruda 7 nafar sayyoh samolyotda halokatga uchragandi.
Nasiba To'xtayeva


