Hozirgi davrda aholini inson sog‘ligiga zarar yetkazmaydigan sifatli maxsulotlar bilan taʼminlash, bu orqali ularning sog‘ligini asrash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Shunga qaramasdan, insonning kuchli zaharlanishiga, hattoki o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan, sifat belgisi bo‘lmagan dori vositalarini isteʼmolchilarga yetkazib berish va ularni aldab sotish holatlari ming afsuski uchrab turibdi.
Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan, Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning qarorlariga asosan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan olib qo‘yilgan jami 20 257 dona sifat belgisi bo‘lmagan va yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini yo‘q qilish belgilangan.
Ushbu sud qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Byuroning Beruniy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida yo‘q qilinishi belgilangan dori vositalari tegishli idoralar xodimlari ishtirokida yo‘q qilinib, sud qarorlari ijrosi amalda taʼminlandi.


