Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda 2023 yilning 23 iyun holatiga 1356 ta lot bo‘yicha jami boshlang‘ich narxi 195 milliard so‘mlik tanlov savdolarida o‘rganish ishlari olib borilib, narxi 100 milliard so‘mlik 753 ta lotlarda kamchiliklar aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha 17 ta buyurtmachilarga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan va 2 ta mansabdor shaxslariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 178-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi uchun maʼmuriy bayonnomalar tuzilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari orqali maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan.


