1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qoraqalpog‘istonda mahallalarning har biriga 500 mln so‘mdan ajratiladi

Qoraqalpog‘iston vazirlar kengashi huzurida "Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash" jamg‘armasi tashkil etiladi.

Qoraqalpog‘istonda mahallalarning har biriga 500 mln so‘mdan ajratiladi

 

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahallalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi joylashtirildi.

 

Qonun loyihasi bilan Qoraqalpog‘iston vazirlar kengashi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda «Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash» jamg‘armasi tashkil etilishi mumkin. 

 

Tashkil etilgan jamg‘armaga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan 2023-yil davomida 452 ta mahallaning har biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 500 mln so‘mdan ajratilinadi.

 

Quyidagilar jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

 

  • mahallalar hududlaridagi ichki yo‘llar, elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqova suv tizimlarini taʼmirlash va tiklash;

  • mahalla infratuzilmani rivojlantirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish;

  • mahallalardagi «mahalladagi ko‘chaboshi va uyboshi»larini rag‘batlantirish;

  • ijtimoiy himoyaga muxtoj va kam taʼminlangan oilalarga moddiy tomondan ko‘maklashish hamda ularning turar joylarini taʼmirlash;

  • fuqarolar yig‘inlari binolari va ularning joylashgan hududlarda sport maydonchalari, nuroniylar maskani, yoshlar markazi, bolalar maydonchalari, kutubxona, madaniyat markazlarini qurish, yirik va mayda taʼmirlash hamda ularni inventar, mebel, kompyuter jihozlari va boshqa uskunalar bilan taʼminlash;

  • «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «mahalla bog‘lari»ni tashkil qilish;

  • mahallani kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish markaziga

  • aylantirish bo‘yicha «Mahalla startapi» va mikroloyihalarni amalga oshirish;

  • mahallada jinoyatchilikni oldini olish hamda mahalla obodligiga o‘z hissasini qo‘shgan tashabbuskor fuqarolarni rag‘batlantirish;

  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика