1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda MCHJ rahbari 65 kishining nomiga mikroqarz olgani aniqlandi

Rahbar sheriklari bilan qariyb 1 mlrd so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Qoraqalpog‘istonda MCHJ rahbari 65 kishining nomiga mikroqarz olgani aniqlandi

 

Beruniy tumanida 65 nafar fuqaroning nomiga miqroqarz olgan firibgarlar aniqlandi

 

Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, respublikadagi banklardan birining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.R.” MCHJ rahbari va boshqalar 65 nafar fuqaroning xabardorligisiz soxta maʼlumotlar orqali ularning nomiga bank sotuv shoxobchalari orqali jami 981,5 mln so‘m onlayn miqroqarz ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика