1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga berilgan yegulik ichidan tabletka chiqqani aytilmoqda

Avvalroq Xo‘jayli tumanida ham maktab o‘quvchilariga berilgan oziq-ovqat mahsulotlari orasidan qum va qizlar to‘g‘nog‘ichi chiqqandi.

Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga berilgan yegulik ichidan tabletka chiqqani aytilmoqda

 

Ijtimoiy tarmoqda Qoraqalpog‘istonning Ellikqalʼa tumani XTBga qarashli maktablarning birida o‘quvchilarga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari ichidan tabletka chiqqani haqida o‘quvchi ota-onasining murojaati tarqaldi. Holat yuzasidan Ellikqalʼa tumani hokimligi Axborot xizmati munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, tuman prokuraturasi va tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi masʼul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan.

 

5-umumiy o‘rta taʼlim maktabiga 2023 yil 13 aprel kuni "Tabassum NUKUS" MCHJ tomonidan 267 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun oziq-ovqat mahsulotlari maktab ishchi guruhi tomonidan qabul qilingan. Holat yuzasidan ekspertiza xulosasini olish uchun oziq-ovqat mahsulotlari namunasi Qoraqalpog‘iston Davlat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasiga yuborilgan.

 

"Tahlil natijalari chiqqandan so‘ng qo‘shimcha maʼlumot beriladi", — deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida maktab o‘quvchilariga berilgan oziq-ovqat mahsulotlari orasidan qum va qizlar to‘g‘nog‘ichi chiqqandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика