Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi ota farzandining 18 yoshgacha bo‘lgan davr uchun belgilangan aliment to‘lovlarini oldindan to‘liq qoplab berdi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra, ota Dj.S har oyda jami daromadining 1/4 qismini sobiq turmush o‘rtog‘i N.G. foydasiga aliment sifatida to‘lashi lozim edi. Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Qorao‘zak tuman bo‘limi tomonidan rasmiylashtirilgan.
29 may kuni qarzdor bo‘limga kelib, hisob-kitob asosida 100 million so‘m aliment mablag‘ini naqd shaklda to‘liq to‘laganini ma’lum qildi. Shu tariqa, u farzandi voyaga yetgunga qadar to‘lanishi kerak bo‘lgan majburiyatni oldindan bajardi.


