1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda tadbirkordan pora talab qilgan soliq xodimlari qo‘lga olindi

Nukus shahrning ikki nafar bosh inspektor va vositachilik qilgan sobiq xodimga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qoraqalpog‘istonda tadbirkordan pora talab qilgan soliq xodimlari qo‘lga olindi

 


Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkordan pora talab qilgan soliq idorasi xodimlari ushlandi. Nukus shahrida oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJ faoliyatini tekshirgan Soliq boshqarmasining ikki nafar bosh inspektori go‘yoki 213 mln so‘mlik soliq qonunbuzarligi aniqlanganini aytib, ushbu summani 34 mln so‘mgacha kamaytirib berish evaziga korxona rahbaridan 2 ming AQSh dollari talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida bosh inspektorlar vositachilik qilgan sobiq soliq xodimi orqali 700 AQSh dollari va 15 mln so‘mni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Tezkor choralar bilan ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan uch nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика