1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Qoraqalpog‘istondagi gaz quvurida yong‘in bo‘ldi

Xo‘jayli tuman hokimligi holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Qoraqalpog‘istondagi gaz quvurida yong‘in bo‘ldi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda gaz quvuri yonayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Maʼlum bo‘lishicha, mazkur holat kecha, 4 iyun kuni soat 19:00 atrofida Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida yuz bergan.

 

Tuman hokimligi axborot xizmatining aniqlik kiritishicha, yong‘in Xo‘jayli tumanining “Janga jap” OFY hududidan o‘tuvchi, Nukus shahrini gaz bilan taʼminlovchi 530 diametrli gaz quvuridan gaz sizib chiqishi oqibatida yuzaga kelgan.

 

“Urgenchtransgaz” jamiyatiga tegishli gaz quvurida gaz to‘xtatilib, yong‘in o‘chirilgan. Hodisa oqibatida hech kimga tan jarohati yetmagan. Yong‘inning asl sabablari va zarar miqdori hozircha ochiqlanmadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика