1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Qoraqalpog‘istonlik yurtdoshimiz Beruniydan Toshkentgacha bo‘lgan masofani velosipedda bosib o‘tadi

Beruniylik Ravshan Yaqshi muratovush buvelomarafonni istiqlol ayyomiga bag‘ishlashini aytib o‘tdi.

Qoraqalpog‘istonlik yurtdoshimiz Beruniydan Toshkentgacha bo‘lgan masofani velosipedda bosib o‘tadi

 

 

Xalqimizning eng ulug‘ va eng aziz bayrami — mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida doimiy yashovchi yurtdoshimiz Ravshan Yaqshimuratov yolg‘iz o‘zi velosipedda Beruniydan Toshkent shahriga qarab yo‘lga chiqdi. U “Qudratli  O‘zbekistonning o‘tmishi va kelajagi buyuk” shiori ostida yakkalik velomarafon o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi va bu tashabbus to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.

 

Mazkur velomarafonga Beruniy tumanida joylashgan Pil qalʼa tarixiy yodgorligi oldidan start berildi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Adilbek Allanazarov, shuningdek, Beruniy tumani turizm va sport bo‘limi, mahalliy nuroniylar, yosh avlod vakillari va sport faollari ishtirok etishdi. Yig‘ilganlar R.Yaqshimuratovga oq yo‘l tilab, duoga qo‘l ochishdi.

 

Taʼkidlash lozim, R.Yaqshimuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasidan yo‘lga chiqib, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari orqali o‘tgan holda istiqlol ayyomi keng nishonlanayotgan ulug‘ kunlarda mamlakatimizning bosh kenti —Toshkentga yetib kelishni rejalashtirgan.

 

 

Bahriniso Madumarova tayyorladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика