Amerika prezidenti qo‘shiqchi Ledi Gagani Oq uy sanʼat va madaniyat qo‘mitasi hamraisi etib tayinladi.
AQSH prezidenti Jo Bayden qo‘shiqchi Ledi Gagani Oq uy sanʼat va madaniyat qo‘mitasi hamraisi etib tayinladi. Bu haqda RIA Novosti Amerika administratsiyasiga tayanib xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Gaga 13 ta "Gremmi" mukofoti sohibi bo‘lib, bu uni "tarixdagi tijorat sohasida eng muvaffaqiyatli ayol musiqachilardan biriga aylantirdi".
Oq uy, shuningdek, u “Forbes” jurnali dunyoning eng nufuzli ayollari ro‘yxatiga, bundan tashqari, “Time” jurnali talqiniga ko‘ra dunyodagi eng nufuzli 100 kishi ro‘yxatiga kiritilganini eslatdi.
Bundan tashqari, Bayden amerikalik prodyuser Bryus Koenni ushbu qo‘mitaning yana bir hamraisi etib tayinladi.
Maʼlumot uchun: Madaniyat va sanʼat qo‘mitasi 1982 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning vazifasi Oq uyga madaniyat siyosati bo‘yicha tavsiyalar berishdan iborat. U "sanʼat va gumanitar fanlarni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini ko‘rsatgan" taniqli sanʼatkorlar, olimlar va xayriyachilardan iborat. Ushbu qo‘mita aʼzolari shaxsan AQSH prezidenti tomonidan tayinlanadi.


