1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qo’shni davlatlarimizda kuydirgi kasalligi ko’paydi — Sanepidqo’mita

O’zbekistonda kuydirgi kasalligini oldini olish uchun nimalar qilinmoqda?

Qo’shni davlatlarimizda kuydirgi kasalligi ko’paydi — Sanepidqo’mita

So‘nggi kunlarda Tojikiston va Qozog‘iston kabi qo‘shni mamlakatlarda hayvonlar orasida kuydirgi bilan kasallanish holatlari keskin ko‘paygan. Qozog‘istonda holat epizootik darajagacha yetib borgani sababli karantin e’lon qilingan.

 

Mazkur vaziyat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Epidemiologiya va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘limi boshlig‘i Farxod Qurbonbekov aholini hushyorlikka chaqirdi va kasallik haqida muhim ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

 

Kuydirgi (sibiry yarasi) — Bacillus anthracis bakteriyasi sababli kelib chiqadigan o‘ta xavfli infeksion kasallik bo‘lib, odamlarga asosan kasallangan hayvonlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa, go‘sht mahsulotlarini noto‘g‘ri ishlovdan o‘tkazib iste’mol qilish orqali yuqadi.

 

Kasallikning 98–99 foizi teri shaklida uchraydi va to‘g‘ri davolansa, asorat qoldirmaydi. Biroq ichak, o‘pka va sepsis shakllari og‘ir kechib, ko‘pincha o‘lim bilan yakunlanadi.

 

Kasallikdan himoyalanish uchun quyidagilarga qat’iy amal qilish zarur:

 

Chorva hayvonlarini har yili veterinar nazorati ostida profilaktik emlash;

 

Chorva hayvonlarini faqat ruxsat etilgan joylarda va veterinar nazoratida so‘yish;

 

Hayvon go‘shti va mahsulotlarini faqat tekshiruvdan o‘tgan manbalardan xarid qilish;

 

Kasallik alomatlari kuzatilgan hayvonlar yoki ularning mahsulotlarini iste’mol qilmaslik;

 

Badanda yaralar paydo bo‘lsa, ayniqsa chorva bilan ishlovdan keyin — darhol shifokorga murojaat qilish.

 

Kuydirgi holatlarining mamlakat hududiga kirib kelmasligini ta’minlash maqsadida:

 

O‘zbekistonning 55 ta chegara nazorat punktida sanitar-epidemiologik nazorat kuchaytirilgan;

 

Gumonli hududlardan o‘tkazilayotgan insonlar va yuklar chuqur dezinfeksiya va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda;

 

Kuydirgi bo‘yicha doimiy laboratoriya kuzatuvlari va tuproqdan namunalar olish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi fuqarolardan hushyorlikni oshirish, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish, hayvonlar bilan muloqotda ehtiyotkorlikni kuchaytirishni so‘raydi.

 

Kuydirgi alomatlari mavjud bo‘lgan hayvonlar yoki odamlar aniqlansa, darhol hududiy tibbiyot muassasalariga yoki veterinariya xizmatiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика