Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Qo‘shrabot tumanidagi maktabgacha taʼlim muassasalaridan birida xodimlar bir-birini “krujka” bilan urib boshini yorgani haqidagi video tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB munosabat bildirdi.
Joriy yilning 01-iyul kuni Qo‘shrabot tumani Pichot mahallasida yashovchi E.G. hamda tumandagi maktabgacha taʼlim muassasalaridan birining mudirasi Ch.A.lar o‘rtasidagi kelishmovchilik natijasida janjal yuzaga kelgan. Oqibatda Ch.A. E.G.ning bosh qismiga bakal bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan 02-iyul kuni Qo‘shrabot tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda


