1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qo‘ylari ko‘chatlarni shikastlagan cho‘pon jarimaga tortildi

U 50 bosh qo‘yni “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlari orasiga haydagan.

Qo‘ylari ko‘chatlarni shikastlagan cho‘pon jarimaga tortildi

Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Qarshi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan hududda navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

 

Reyd davomida Qarshi tumani “Mang‘it” MFY hududida fuqaro O. B. tomonidan 50 bosh mayda shoxli mollarni "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlari orasiga haydab, ko‘chatlarni shikastlantirganligi aniqlandi. 

 

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. O. B. BHMning 50 baravari — 17 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика